
Farg‘onaning «Neftchi» futbol klubi mamlakatimizning yangi futbol mavsumini ishonch bilan boshladi. Jamoaning asosiy homiysi va ishonchli hamkori Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hisoblanadi. Klub nufuzli sovrin - O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi o‘yin 15 mart kuni Andijon shahridagi «Bobur Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yilgi O‘zbekiston Superligasi chempioni «Neftchi» va mamlakat kubogi sohibi Toshkentning «Paxtakor» jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 17-daqiqada hujumchi Ferreyra tomonidan kiritildi. Ushbu aniq zarba «Neftchi»ga 1:0 hisobida g‘alaba olib keldi va jamoani Superkubok-2026 g‘olibiga aylantirdi.


An’anaga ko‘ra, Superkubok mamlakatda futbol mavsumini ochadi va maydonga eng kuchli jamoalar - Superliga chempioni va Kubok sohibi tushadi. Turli yillarda O‘zbekistonning yetakchi klublari kubokni qo‘lga kiritgan: Qarshining «Nasaf»i - 4 g‘alaba, Toshkentning «Lokomotiv»i - 2, Toshkentning «Bunyodkor»i va Namanganning «Navbahor»ida - 1tadan g‘alaba.
Farg‘ona NQIZ matbuot xizmati

