Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xodimlarining 500 nafarga yaqin farzandlari yozgi ta’tilni Xonqiz qishlog‘ining yashil hududida joylashgan yangilangan "Tong" sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazdi.
Mavsum boshida oromgohda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yotoq binolari rekonstruksiya qilindi, jihozlar to‘liq yangilandi, piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi, hudud ko‘kalamzorlashtirildi. Barcha chora-tadbirlar bolalarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Oromgohda ilk bor bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishning yangi formatlari, jumladan, robototexnika va 3D-rasm chizish bo‘yicha mahorat darslari, ochiq havodagi kvestlar va interaktiv tadbirlar, ingliz tili, shaxmat bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar, FNQIZ xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Har bir smena o‘ziga xos ssenariy asosida, o‘z mavzusi, qahramonlari va musobaqalari bilan o‘tdi.
Har bir smena yakunida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari, eng muhimi, ijobiy his-tuyg‘ular va yangi bilimlarga ega bo‘lishdi. Ota-onalarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, ko‘plab bolalar keyingi yozda oromgohga qaytish istagini bildirishgan.
"Biz "Tong" oromgohiga mavsumiy loyiha sifatida emas, balki hamkasblarimizning farzandlari salomatligi, ishonchi va rivojlanishiga sarmoya sifatida qaraymiz. Bu yil dasturni kengaytirdik, murabbiylar jamoasini kuchaytirdik, maishiy sharoitlarni yaxshiladik. Bu hali boshlanishi", - deya ta’kidladi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Rashidjon Saydaliyev.
Xodimlarning farzandlari uchun yozgi ta’tilni tashkil etish FNQIZning jamoaviy mas’uliyat va oilalarni strategik qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan barqaror ijtimoiy siyosatining bir qismidir.
Farg‘ona NQIZ matbuot xizmati