Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi o‘zining ilg‘or texnologiyalari va keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari bilan mashhur. Ammo bugun biz sizning e’tiboringizni — zavod issiqxona majmuasining bir qismi bo‘lgan limonariyga qaratmoqchimiz. Sitrus bog‘lari ishlab chiqarish muhiti bilan qanday uyg‘unlashishi va to‘g‘ridan to‘g‘ri zavodning o‘zida yetishtirilgan limonlar qanday qilib korxona ichki madaniyatining bir qismiga aylanishi haqida batafsil aytib beramiz.
Zavod issiqxonalari 20 sotixdan ortiq maydonni egallagan bo‘lib, ularning katta qismi limon yetishtirish uchun ajratilgan. Bu yil issiqxonalarda 65 ta daraxt o‘sib unmoqda va ularning har biri mo‘l hosil beryapti.
Limon hosili tashqi bozorlarga chiqarilmaydi, balki ichki iste’mol uchun foydalaniladi. Sitrus mevalar korxona oshxonalariga keltiriladi, u yerda ular zavod xodimlari uchun salatlar, issiq taomlar va tetiklantiruvchi ichimliklarga qo‘shiladi.
Limonariy FNQIZ issiqxona majmuasining yagona obyekti emas. Bu yerda ukrop va kashnich kabi ko‘katlar ham yetishtiriladi. Mahsulotlar to‘liq ekologik toza, chunki ular kimyoviy moddalarsiz o‘stiriladi.
Issiqxonalarning bir qismi manzarali o‘simliklar uchun mo‘ljallangan. Aynan shu yerda yuzlab gullar yetishtiriladi, ular bahorda zavod hududi bo‘ylab ekiladi.
"Biz o‘z kuchimiz bilan vitaminlar yetishtirayotganimizdan, shuningdek, zavod hududini bezayotganimizdan faxrlanamiz. Bularning barchasi ish joyida shinamlik va qulaylik muhitini yaratishga yordam beradi", — deydi Zavod ichki servis xizmati 23-sex rahbari Baxtiyor Farxidinov.
Farg‘ona NQIZ korxonasi o‘z xodimlariga qanday g‘amxo‘rlik qilishi va ekologiyaga hissa qo‘shishi mumkinligiga misol bo‘lib qolmoqda. Limonariy va issiqxona majmuasining boshqa obyektlari zavodning barqaror rivojlanishga intilishi va o‘z jamoasi farovonligi haqida qayg‘urishining yana bir tasdig‘idir.
Farg‘ona NQIZ Matbuot xizmati