
Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-81-sonli Farmoni ijrosi doirasida “Farğona neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ hamda Oltiariq yoqilği işlab çiqariş zavodi hududlarida atmosfera havosining holatini kuzatuvçi avtomatik statsionar postlar örnatildi.
Zamonaviy uskunalar atmosfera havosining holatini muntazam monitoring qiliş, uning asosiy körsatkiçlarini nazorat qiliş, şuningdek, atrof-muhitning ekologik holati töğrisidagi maʼlumotlarni şakllantiriş imkonini beradi.
“Atmosfera havosining holatini muntazam nazorat qiliş ekologik xavfsizlikni taʼminlaşning muhim yönalişlaridan biridir. Avtomatik statsionar kuzatuv postlarining örnatilişi havo tarkibidagi özgarişlarni öz vaqtida aniqlaş, mavjud holatni baholaş va zarur çoralarni köriş imkonini beradi. Bu, öz navbatida, korxonada ekologik hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etiş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi”, — deya taʼkidladi zavodning Sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qiliş departamenti rahbari Umidjon Yigitaliyeviç.
Amalga oşirilayotgan işlar korxonada zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ekologik monitoring tizimini yanada takomillaştiriş hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni izçil amalga oşirişga xizmat qiladi.
