"Farg‘ona NQIZ" MChJ massali va hajmli sarf o‘lchagichlarni, sovuq suv hisoblagichlarini davlat qiyoslash tekshiruviga tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha servis xizmatlar ko‘rsatishni taklif qiladi.

Korxona va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

 

       “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tashqi tashkilotlarga quyidagi servis xizmatlar ko‘rsatishni taklif qiladi:

  1. Har xil turdagi (koriolisli, vihrevli, ultratovushli) massali va hajmli sarf o'lchagichlarni metrologik qiyoslashga tayyorlash, masalan:

- Emerson – Micromotion CMF, Elite;

- Endress+Hauser – ProMass, Prosonic, Prowirl;

- Krohne – Optimass, Optisonic;

- Yokogava – Yewflo, Rotamass;

- Rheonik - RHM

   va shunga o'xshash.

 

  1. Sovuq suv hisoblagichlarni metrologik qiyoslashga tayyorlash.

Ko'rsatilgan o'lchash vositalarini dastlabki tekshirish  va qiyoslashga tayyorlash  ishlari O'zbekiston Respublikasida yagona sertifikatlangan yuqori aniqlikdagi "Prover" qiyoslash qurilmasida oqim uslubida amalga oshiriladi:

- 1 razryadli  qiyoslash qurilmasi xatoligi  ± 0,03%, o'tkazuvchanlik diapazoni  0,8 dan    800 m³/h gacha, sinov muhiti texnik KEROSIN;  Ø (25÷300) mm;

- 2 razryadli  qiyoslash qurilmasi xatoligi ± 0,1%, o'tkazuvchanlik diapazoni 48 dan  1000 m³/h gacha, sinov  muhiti  texnik KEROSIN;  Ø (25÷300) mm;

- sovuq suv xisoblagichlarni qiyoslash qurilmasi  xatoligi ± 0,5%,  o'lchash  diapazoni  (0,03÷150)  m³/h, sinov muhiti SUV; Ø (15÷150) mm.

Xizmatlar “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘rsatilayotgan  servis  xizmatlarning  narhlarii va shartlari  “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan tasdiqlangan preyskurant bo‘yicha xisoblanib, ikkitomonlama tuzilgan shartnoma bandlari asosida belgilanadi.

 

Servis xizmatlar ko'rsatish bo'yicha narxlar preyskuranti:

Xizmat nomi

 

O’lchov birligi

QQSsiz ulgurji narx,
so'm

QQS 12%,
so'm

QQS bilan ulgurji narx, so'm

Har  xil  turdagi  massali va hajmli  sarf  o'lchagichlarni  qiyoslash  ishlariga tayyorlash va tashkil etish

1 dona

5 199 190,97

623 902,92

5 823 093,89

Sovuq  suv xisoblagichlari  o‘lchov  vositalarini metrologik  tekshiruvga  tayyorlash

1 dona

719 981,75

86 397,81

806 379,56

Qiyoslash ishlari  “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ hududida  O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi (“O‘zMMI” DM) hududiy bo‘limi vakillari tomonidan amalga oshiriladi va xizmatlar narhi “O‘zMMI” DM tomonidan tasdiqlangan preyskuranti bo‘yicha xisoblanib, to’lovlar buyrtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

ESLATMA: Servis xizmat ko’rsatish fevral oyidan dekabr oyigacha amalga

 оshiriladi (metrologik talablarni ta'minlash uchun atrof-muhit harorati 5ºC va undan yuqori bo'lishi lozim).

Qo'shimcha  ma'lumotlar  uchun  quyidagi  telefonlarga  murojaat  qilishingiz  mumkin:

(73) 229-47-60     Al’menov Ildar Nazimovich – TJ ABT foydalanish uchastka boshlig’i, email:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак..

(73) 229-45-46     Ismailova Gulchehra Sultanbayevna – Bosh metrolog bo’limining yetakchi muhandisi email: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. или Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак..

 

“Fargʼona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ maʼmuriyati

 


Нашр этиш